Assalamu Alaykum. Hozirda Qur'onda zikri kelgan ayollar haqida juda badiiylashtirilgan turk adabiyotlari nashr qilinyapti. Misol uchun, Har bir ayol Hojardir, Ehromlar malikasi Osiyo kabi. Bu kitoblarda ularning tug'ililishu o'limlarigacha lafzlari bilan yozilgan lekin bu ma'lumotlarni aksarini hech qanday manbaasi yo'q. Quron bilan sobit bo'lgan oyatlarni sharhlab xulosa qilishsa ham maylidi hech bo'lmasa. Bunday badiiylashtirish, butun musulmon ummati ardoqlaydigan shaxslarga xiyonat, sha'nlariga bo'xton yo'lg'on bo'lmaydimi? Aynan shu adabiyotlar musulmonlar idorasi ruxsati gologrammasi yoq lekin toliq diniy ta'limotlar hikoyalar bor. Unday kitoblarni o'qishga qanday qarashimiz kerak?
Va alaykum assalom. Tarixiy voqealarni yoritishda badiiylashtirilib yozilishi mumkin. Bir shaxsning butun hayotini Qur'oni karim oyatlari yoki hadisi shariflar to'lig'icha yoritib bermaydi (zero Qur'onning nozil bo'lish, hadislarning vorid bo'lish maqsadi ham shaxslarni tanishtirish emas). Qur'onda kelmagan ma'lumotlan o'sha davr tarixchilarining kitoblarida kelgan bo'ladi. Shuning uchun tarix kitoblari na aqidaviy hukmni, na fiqhiy hukmni ifoda qilishda hujjat bo'la olmaydi, balki, ibrat uchun o'rganiladi, boshqalarga ham etkaziladi. Shunday ekan, ba'zi badiiylashtirilgan o'rinlari shariatga zid bo'lmasa, buюk shaxslarning nomlariga noloyiq bo'lmasa unday kitoblarni adabiyot sifatida qabul qilish, o'qish, ibratlanish mumkin. Gologramma berish vakolati Musulmonlar idorasi emas, Din ishlari bo'yicha qo'mitaga tegishlidir.