Aqiqa qilganda bitta qoramol so‘ysang yettita bolaga o‘tadi debdi shu to‘g‘rimi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Ha, to‘g‘ri. Qurbonlikda bitta molni yetti kishigacha so‘yish joiz bo‘lgani kabi aqiqada ham joizdir. ("Kifoyatul muftiy" kitobi).
"E’lo’us sunan" kitobida bu haqda shunday deyilgan:
ولو ذبح بدنة أو بقرة عن سبعة أولاد أو اشترك فيها جماعة جاز، سواء أراد كلهم العقيقة أو بعضهم العقيقة
Bir tuya yoki qoramolni yettita bola nomidan so‘ysa yoki bir necha odam sherik bo‘lsa, joizdir. Ularning barchasi aqiqani niyat qiladimi yoki ba’zilari niyat qiladimi, farqi yo‘q. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.