40 ta yoki undan ziyod moli bo’lsa zakot beriladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Bu savolning javobini qoramol qay shaklda boqilishiga qarab bo‘ladi. Agar qoramolning soni o‘ttiztadan oshsa va ular yilning aksar qismida daladan o‘tlasa, ulardan zakot beriladi. shunga ko‘ra agar shu turdagi qoramol 40 ta bo‘lsa, ulardan bitta ikki yoshga to‘lib, uchinchi yoshga o‘ggan novvos yoki g‘unajin zakotga beriladi. Bu holat oltmishtagacha davom etadi. Agar qoramollar soni oltmishtaga yetsa, ikkita bir yoshli buzoq, yetmishtaga yetsa, bitta bir yoshli, bitta ikki yoshli qoramol zakot beradi. Bundan ham oshsa, shu shaklda davom etib ketaveradi. Agar mazkur qoramollar tijorat niyatida sotib olingan bo‘lsa va ularning qiymati zakot nisobidan ortiq bo‘lsa, umumiy qiymatning qirqdan biri zakot sifatida beriladi. Bundan qoramolning o‘ttiz yoki qirqta bo‘lishining ahamiyati yo‘q. Vallohu a’lam.