Pokiza yerda joynamozsiz namoz o‘qisa bo‘ladimi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Albatta, durust bo‘ladi. Chunki dastlabki paytlarda Payg‘ambarimiz alayhissalomning masjidlarida ham joynamoz bo‘lmagan, balki mayin qum yotqizilgan.
Islom ummatiga berilgan alohida xususiyatlar haqidagi uzun hadisda Payg‘ambarimiz alayhissalom: "...Menga yer masjid va poklovchi narsa qilindi...", deganlar (Imom Termiziy, Nasaiy, Ibn Moja, Ahmad ibn Hanbal Jobir raziyallohu anhudan rivoyat qilishgan).
Demak, Islom ummati har qanday pok yerda ibodat qilishlari joiz. Boshqa dinlarda esa ibodatni faqat maxsus joylar-ibodatxonalarda qilishlari mumkin bo‘lgan, xolos. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.