AZONSIZ O'QILGAN QAZO NAMOZLARI

ID: 4965

09.12.2025

154

Savol:

Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Men yoshligimdan qazo namozlarini oldidan azon va takbir aytmasdan o'qiyman. Lekin bir videoda har qazo namozidan oldin azon va takbir aytish kerak degan gapni eshitdim. Agar bu to'g'ri bo'lsa, oldin o'qigan qazo namozlarimning hukmi qanday bo'ladi? O'zi rostdan ham qazo namozlaridan oldin takbir va azon aytish shartmi? Javob uchun oldindan rahmat.

Javob:

Vaalaykum assalom. Qazo namozlari uchun azon va iqomat aytish sunnat hisoblanadi, ammo ularni tark etish namozni buzmaydi. Shu sababli, avval azon va iqomatsiz o'qigan namozlaringiz durust bo'lib, ularni qayta o'qish shart emas. Lekin namoz to'kis bo'lishi va sunnat savobiga erishish uchun bundan buyon har bir farz namozi oldidan iqomat aytishga odatlaning. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar