Assalomu alaykum. Azon aytishda tushunmayotgan joyimda so'ramoqchi edim. Azon "Allohu akbar" deb to'rt marta aytilgandan keyin, "Ashhadu an laa ilaha illalloh" so'zi keladi. Shu joyining "an laa" qismi an laa yozilganday o'qiladimi yoki aytilishda alla kabi eshitiladimi? Men arabcha o'qilishini an laa o'qiyapman, lekin eshitsam, azon eshitsam, xayolimga alla eshitilyapti. Shu joyni tushuntirib bersangiz.
Vaalaykum assalom. Siz to'g'ri eshitgansiz. Tajvid qoidasiga ko'ra, bu o'rinda sukunli «nun» tovushi keyin kelgan «lom» harfiga to'liq idg'om bo'lib, «allaa» shaklida talaffuz qilinadi. Yozuvda «an laa» ko'rinishida bo'lsa ham, talaffuzda «Ashhadu allaa ilaaha illallooh» deb aytilishi kerak. Vallohu a'lam.