AZON

ID: 3969

06.11.2025

77

Savol:

Assalomu alaykum. Uyda namoz vaqti kirsa, azon aytib namoz o‘qish kerakmi? Agar namoz vaqti 10 minut o‘tib ketsa ham azon aytib o‘qiladimi? Javob uchun rahmat.

Javob:

Vaalaykum assalom. Har bir farz namozini o‘qishdan avval u uchun azon aytish sunnatdir. Magaram, siz yashab turgan mahalladagi masjidda siz o‘qimoqchi bo‘layotgan namoz uchun allaqachon azon aytilgan bo‘lsa, siz aytmasligingiz mumkin. Ammo, namoz qazo bo‘ladigan bo‘lsa, u holda u uchun baribir azon aytishingiz darkor. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar