AYOLNI XOXISHINI BAJARISH KERAKMI

ID: 3496

21.10.2025

106

Savol:

Assalomu aleykum. Uzatgan qizimni ovsinini buvisi olamdan o‘tibdi. Endi ayolim "o‘lgan xonadonga tog‘orada taom OLIB borish kerak" dedi. "Kim aytdi" desam, qizimni qaynonasi aytganmush. Shu sharatimizga to‘g‘ri keladimi?

Javob:

Yo‘q, shariatimizda quda tomondan bunday "tog‘ora" olib borish majburiyati mutlaqo yo‘q. Aksincha, shariatimizda, mayyit chiqqan xonadonning bevosita ahliga, ular taom tayyorlash tashvishini qilmasliklari uchun, yaqin qarindoshlar va qo‘shnilar tomonidan yordam sifatida taom pishirib berish tavsiya qilingan. Ammo buni qudalar o‘rtasidagi rasmiyatchilikka, majburiy "oldi-berdi"ga va musobaqaga aylantirish dinimizda qoralanadigan isrofdir. Bunday urflar insonlarni ortiqcha qiyinchilikka, qarzga va oilaviy nizolarga sabab bo‘lmoqda. Islom yengillik dini, uni bunday majburiyatlar bilan qiyinlashtirish to‘g‘ri emas.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar