Biz Makkada yashaymiz. Ma’lumki buyerda namozni ayollar ham jamoat bulib imomga iqtido qilgan holda oʻqishadi. Uyimiz oldidagi masjidimiz tez ayollar bilan toʻlib qoladi bazida joy yetmaydi. Derazamizdan imomni har aytgan kalimalari eshtilib turadi shunda uydan chiqmagan holda ham imomga iqtido qilsam boʻladimi? Jamoat savobidan umidvor edim
Bismillahir Rohmanir Rohim. Masjid ichidagi imomga tashqaridan turib iqtido qilishda bir qancha shartlar bor. Shulardan biri iqtido qiluvchi bilan masjid o'rtasida odamlar yoki ulovlar юradigan yo'l, kema suzadigan daryo bo'lsa, iqtidosi durust bo'lmaydi va shu holda namoz o'qigan bo'lsa, qayta o'qib olishi lozim bo'ladi. Bunga dalil Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: “Muqtadiy bilan imomning orasida daryo, yo'l yoki ayollar safi bo'lsa, (ular) imomga ergashgan hisoblanmaydilar”, degan hadislaridir. Shunga binoan agar uyingiz bilan masjid orasida odamlar o'tadigan yo'l bo'lsa ham, masjid tashqaridagi saflar cho'zilib, uy ostonasigacha kelgan bo'lsa, iqtido durust bo'ladi. Agar saflar u ergacha etib bormagan bo'lsa, iqtido nojoiz hisoblanadi. Qolaversa, ayollarni namozi haqida Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:
"صلاةُ المرأةِ في مَخدعِها أفضلُ من صلاتِها في بيتِها، وصلاتُها في بيتِها أفضلُ من صلاتِها في حُجرتِها" (رواه ابو داود والبزار)
“Ayol kishining hovlisidagi namozidan uydagi namozi afzaldir. Uning uydagi namozidan o'ziga xos xonasidagi namozi afzaldir” (Imom Abu Dovud va Imom Bazzor rivoyati). Vallohu a'lam.