AYOLLARNING EHROMDAN CHIQISHDAGI SOCH QIRQISH TARTIBI

ID: 6417

22.01.2026

190

Savol:

Umra amalida tavof va sa'y bajarib bo'linganidan so'ng, ayollar ehromdan chiqish uchun sochlarining uchidan qancha miqdorda qirqishlari kerak va bu ishni kim amalga oshirishi lozim?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Soch qisqartirishda boshning hamma joyidan eng kamida barmoqning bir bo'g'imi miqdoricha olinadi.

Ayollar esa ehromdan chiqayotganda sochlarini to'liq jamlab, uchidan barmoqning bir bo'g'imi (taxminan 3 sm) miqdorini oladilar. Bir bo'g'imdan ziyodaroq olishlari afzal. Ayollar uchun sochlarni faqat qisqartirish vojib. Chunki ayollarning soch qirdirishi harom qilingan.

Ayol kishi ehromdan chiqishda o'z sochini o'zi kesishi yoki xuddi u kabi tavof va sa'y amallarini tugatib, ehromdan chiqish niyatida turgan ayolga kestirishi yoki ehromda bo'lmagan boshqa ayolga kestirishi mumkin. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar