Ayol kishi Madinadan niyat qilib, ehrom kiygan holda Makkaga kelsa, Ka'baning oldida ketayotganda kiyimini alishtirsa bo'ladimi? Boshqa kiyim kiyishi mumkinmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Ha, ayol kishi ehrom holatida kiyimini almashtirishi joizdir. Chunki ayollar uchun ehromda erkaklarniki kabi maxsus cheklangan kiyim yo'q. Vallohu a'lam.