Miyqotdan ehrom bog‘lab Makkaga kelgandan keyin guruhimizdagi uch-to‘rt ayollar kiyimlarini almashtirib, shu kiyimlari bilan umra qilishibdi. Buning zarari yo‘qmi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Ayollar uchun ehromda maxsus libos yo‘q. Muhimi avratini yopadigan, tana a’zolarini bildirmaydigan va odamlarni o‘ziga jalb qilmaydigan kiyim bo‘lishidir. Tikilgan kiyim erkaklar uchun taqiqlangan. Ayollar har qanday tikilgan kiyim kiyishlari mumkin. Shunday ekan, savolda zikr qilingan ayollarning kiyim almashtirishlarida hech qanday jinoyat ham, karohiyat ham bo‘lmaydi.
وتلبس من المخيط مابدالها كالدروع والقميص والسراويل والخفين والقفازين
“Ayol kishi o‘ziga ma’qul bo‘lgan ro‘mol, ko‘ylak, lozim, maxsi va qo‘lqoplarni kiyaveradi” ("G‘unyatun nosik"). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.