AYOLLAR BIJUTERIYA TAQISHLARI

ID: 6989

04.02.2026

323

Savol:

Assalomu alaykum. Bir gap eshitib qoldim, tilla va kumushdan tashqari boshqa metalldan ishlangan taqinchoqlar ayollar uchun mumkin emasmi? Qaynotam «bijuteriya — jinlarning taqinchog'i» deb aytgan edilar. Shuni bilmoqchi edim. Javob uchun oldindan rahmat.

Javob:

Vaalaykum assalom. Shariatimiz ahkomlariga ko'ra, ayollar tilla va kumushdan boshqa metallardan yasalgan taqinchoqlarni taqishlari joizdir. Biroq, bu hukm uzukka taalluqli emas. Чunki ayollar uchun faqat tilla va kumush uzuk taqishga ruxsat berilgan. Tilla va kumushdan boshqa metallardan, masalan, temir, mis, sariq mis (jez) va hokazolardan yasalgan uzukni taqish esa erkagu ayolga birdek makruh sanaladi.

Ammo, agar o'sha temir yoki boshqa metalldan yasalgan uzukning usti kumush yoki boshqa modda bilan to'liq qoplangan bo'lsa va ostidagi temiri ko'rinmaydigan holatda bo'lsa, unda bunday uzukni taqish joiz bo'ladi. Bu haqda «Raddul Muhtor» kitobida shunday deyilgan:

"التختم بالحديد والصفر والنحاس والرصاص مكروه للرجال والنساء... لا بأس بأن يتخذ خاتم حديد قد لوي عليه فضة وألبس بفضة حتى لا يرى تتارخانية".

«Temir, sariq mis (jez), mis va qo'rg'oshindan uzuk taqish erkaklar va ayollar uchun makruhdir... (Lekin) agar temir uzukka kumush o'ralib, ustidan (to'liq) kumush qoplangan bo'lsa va (temir qismi) ko'rinmaydigan bo'lsa, uni taqishning zarari yo'q. Tatarxoniya».

Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar