Ayolim g‘usl qilsa doim boshi og‘riydi. Goho shuni bahona qilib to‘shakka chaqirsam unamaydi. Ayolim g‘usl qilganda qanday yo‘l tutish kerak?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Agar ayolingizning bosh og‘rig‘i haqiqatdan ham suv bilan yuvishdan bo‘lsa, ayolingiz g‘usl qilganda boshini yuvmasdan qoldirib, qolgan a’zolarini yuvadi.
وَلَوْ ضَرَّهَا غَسْلُ رَأْسِهَا تَرَكَتْهُ ، وَقِيلَ تَمْسَحُهُ وَلَا تَمْنَعُ نَفْسَهَا عَنْ زَوْجِهَا (رد المحتار)
"Agar ayol kishiga g‘uslda boshini yuvish zarar qilsa, boshini yuvmaydi. Mash tortadi, deb ham aytilgan. Shu holatda ham ayol kishi eri to‘shakka chaqirsa, rad javobini bermaydi" ("Raddul muhtor" kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.