AYOLIGA YASHAMASANG KETAVER DESA

ID: 7180

09.02.2026

678

Savol:

Er ayoliga "yashaging kelmasa bemalol ketaver" desa taloq tushadimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Taloq lafzini ochiqcha aytilganda, albatta, taloq tushadi. Bu holatda niyat e'tiborga olinmaydi. Taloq lafzini ochiqcha aytmay, ham taloqqa, ham boshqa ma'nolarga dalolat qiladigan lafzlarni aytsa, masalan: "Чiqib ket", "Tur yo'qol", "Javobingni berdim", degani kabi. Bunda er nimani niyat qilgan bo'lsa, o'sha bo'ladi. Ya'ni, taloqni niyat qilsa, taloq bo'ladi. Taloqni niyat qilmasa, taloq tushmaydi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar