AYOL KISHILAR G'USULDA BOSHIGA MASH TORTISH

ID: 4738

02.12.2025

91

Savol:

Ayol kishi g'usul vojib bolishdan oldin sochi 1ta qilb o'rilgan bolsa boladimi yoki 10 tacha qilib kokil qilib o'rilgan bo'lishi shartmi

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Ayol kishi jinsiy yaqinlikdan avval sochlarini mahkam qilib o'rgan bo'lsa, junub bo'lganidan keyin g'usl qilishda sochlarining hammasiga suv etkazish shart bo'lmaydi. Balki, sochning ostiga ya'ni, boshga suv etkazish kifoya qiladi. Osilib turgan o'rilgan qismini юvish shart emas.

عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا قَالَتْ: قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ إِنِّي امْرَأَةٌ أَشُدُّ ضَفْرَ رَأْسِي فَأَنْقُضُهُ لِغُسْلِ الْجَنَابَةِ؟ قَالَ: لاَ إِنَّمَا يَكْفِيكِ أَنْ تَحْثِي عَلَى رَأْسِكِ ثَلاَثَ حَثَيَاتٍ ثُمَّ تُفِيضِينَ عَلَيْكِ الْمَاءَ فَتَطْهُرِينَ. (رواه الإمام مسلم و الإمام الترمذي)

Ummu Salama raziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: “Men: “Ey Allohning Rasuli, men sochimni mustahkam qilib o'raydigan ayolman. Junublik g'usli uchun uni yoyishim kerakmi?” dedim. U zot: “Yo'q, sen uchun boshing ustidan uch hovuch suv quymog'ing kifoya qilur. So'ngra ustingdan suv quyasan. Bas, pok bo'lursan”, dedilar” (Imom Muslim va Imom Termiziy rivoyat qilishgan).

Ushbu hadisdan jinsiy aloqa paytida sochi o'rilgan ayol junublikdan g'usl qilganda o'rilgan sochlarini yoymasa ham joizligi tushunilmoqda. Faqat u sochining ostiga yaxshilab suv etkazib, g'usl qilaveradi. Har safar sochni yoyib, yana o'rish mashaqqatidan ayollarga engillik berish uchun shariatimizda shunday qilishga ruxsat berilgan. Boshga yaxshilab suv etkazish bilan g'usldan ko'zlangan murod hosil bo'ladi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar