AYOL KISHI O'Z OYLIGINI O'Z EHTIYOJLARIGA ISHLATISH HUQUQI

ID: 5180

16.12.2025

57

Savol:

Assalomu alaykum. Men oyligimni qaynonamga beraman. Lekin ayol kishining kami-ko'sti bo'lishi sababli ortiqcha pul so'rasam, turmush o'rtog'im bermayapti. Oyligimdan tashqari rag'batlantirish puli (premiya) olaman. Shuni qaynonamga va turmush o'rtog'imga aytmay, o'z ehtiyojlarim uchun ishlatsam bo'ladimi? Javob uchun Alloh sizlardan rozi bo'lsin, ilmingiz ziyoda bo'lsin.

Javob:

Vaalaykum assalom. Shariatga ko'ra, ayolning ishlab topgan mablag'i uning shaxsiy mulki hisoblanadi. Uni eriga yoki qaynonasiga berish majburiyati yo'q. Shu bois, olgan mukofot pulingizni ularga aytmasdan, o'z ehtiyojlaringiz yo'lida ishlatishingiz joizdir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar