AYOL KISHI BEGONA ERKAKNING AKSIRGANINI ESHITSA

ID: 241

04.04.2025

69

Savol:

Ayol kishi begona erkakning aksirib "alhamdulillah" deganini eshitsa unga "yarhamukalloh" deyishi vojibmi yo nomahramdan soqit bo‘ladimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Ayol kishi erkaklar aksirib "Alhamdulillah" desa, "Yarhamukalloh va yashfik", deb javob qaytarishi, uni izidan erkak "Yahdikumulloh va yuslih baalakum", deb javob berishi biroz tafsilotga ega. Mahram qarindosh bo‘lgan erkak va ayollar bir biriga aksirganda mazkur javobni qaytaraveradi, bu vojib amallardan.

Nomahram erkak ayollar bir biriga aksirganda javob qaytarmaydi. Mabodo javob qaytaradigan bo‘lsa, fiqh kitoblarimizda bu haqda shunday deyilgan:

 فإذا عطست المرأة فلا بأس بتشميتها؛ إلا أن تكون شابة، وإذا عطس الرجل فشمتته المرأة، فإن كانت عجوزاً يرد الرجل عليها، وإن كانت شابة يرد في نفسه، والجواب في هذا كالجواب في السلام. (المحيط البرهاني)

"Agar ayol aksa ursa (va "Alhamdulillah" desa), unga javob qaytarishning gunohi yo‘q, lekin yosh ayol bo‘lsa, unga javob qaytarmaydi (55 yoshgacha bo‘lgan ayollar yosh hisoblanadi)".

Agar erkak kishi aksa ursa va ayol unga javob qaytarsa, ayol qari bo‘lsa, unga javob qaytaradi. Agar javob qaytargan ayol yosh bo‘lsa, erkak ichida javob qilib qo‘yadi. (Nomahramlarning o‘zaro) aksirganda javob berish masalasi, salom berganda javob berish masalasiga o‘xshaydi" ("Al-Muhit al-Burhoniy" kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar