AYOL HAQQI

ID: 9415

16.03.2026

102

Savol:

Assalomu Alaykum va Rohmatullohi va Barokatuh. Agar oilada ayolning hech qanday haq huquqlari inobatga olinmasa, u uchun eri mablagʻ ajratmasa, qaynonasi tomonidan mensimaslik, zugʻm oʻtkazish holatlari mavjud boʻlsa, qaynonasining hukmiga koʻra kelinning ota onasini koʻrishga borishi 1 oyda 2 marta deb belgilansa, uyda kelinning opa ukalari onasi bilan telefon orqali gaplashishi chegaralab qoʻyilgan boʻlsa va eri ham na ayolini na uning ota onasini hurmat qilmasa va toʻshagini alohida qilib olgan boʻlsa, farzandlar borligini hisobga olsak bunday oilada yashashning shariatda hukmi qanday? Javob uchun oldindan rahmat!

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatulloh, dinimizda oila muqaddas sanaladi. Shuning uchun nima bo'lganda ham, siz oilangizni saqlab qolishga harakat qiling va sabr-toqatli bo'ling. Agar o'rtada farzandlaringiz bo'lsa, ularni tirik etim qilmaslikni o'ylang. Ona o'z farzandi uchun har qanday qiyinchiliklarga sabr qiladi va ko'nadi. Insha Alloh bu kunlar va bu qiyinchiliklar bari ortda qoladi. Keyinchalik xursand bo'lasiz insha Alloh.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar