AYOL ERINI FAMILYASIGA O'TISHI

ID: 5302

19.12.2025

348

Savol:

Ayol kishi erining familyasiga o'tushi kerakmi Islom dinida shu haqida to'liq malumot berselar iltimos

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. O'tishi kerak degan talab yo'q. O'tsa ham bo'laveradi. Shar'iy jihatdan xotin erning familiyasiga o'tishi joizdir. Ayol bu masalada ixtiyoriy bo'lib, uni bu ishga majburlab bo'lmaydi. Lekin zarurat bo'lganda, masalan, yashab turgan davlatida talab shunday bo'lsa yoki urfda erining familiyasiga o'tish mavjud bo'lsa, erning familiyasiga o'tishi joizdir. Chunki bu holatda ayol otasining ismi o'zgartirilmaydi va u erining otasini "mening otam", deb da'vo ham qilmaydi. Bu holatda familiyaning o'zgarishi Islomdagi "hamma o'z otasining nomi bilan chaqirilishi kerak", degan qoidaga zid kelmaydi. Qadimdan odamlar orasida o'zaro bir-birlarini tanish turli yo'llar bilan bo'lgan. Falonchining o'g'li, falonchining xotini kabi nisbat berish holati joriy bo'lgan. Erining familiyasiga o'tish ham go'yo falon oilaga kelin bo'lgan degani kabidir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar