Assalomu alaykum. 1) Men namoz oʻqishni bir kitobdan oʻrgangan edim. Keyin e'tibor bersam farz namozlarining uchinchi toʻrtinchi rakatlarida zam sura oʻqilmas ekan. Makruh tanzihiy boʻlar ekan. Men esa shu paytgacha har bir rakatda zam sura oqir edim. Buni esa yaqinda bildim. Endi namozlarim durust boʻlmaganmi deb oʻylab qoldim. Buni evaziga istigʻfor aytishim kerakmi? 2) Zam sura oʻqishda ularning tartibiga amal qilmas edim. Dinimizda buning hukmi qanday? Yani qaysi surani zam qilgandan soʻng keyingi zam sura boʻladi? Javob uchun oldindan rahmat. Alloh rozi boʻlsin
Va alaykum assalom.
Va alaykum assalom.
1. 3-4 rakatlarda zam sura o'qish bilan namozni buzilmaydi. Bu ishingiz makruhi tanzihiy (qilmagan afzal) bo'lgani uchun qayta o'qish yoki maxsus istig'for shart emas, endi sunnatga muvofiq faqat "Fotiha"ni o'qisangiz kifoya.
**2. **Suralarni Qur'ondagi tartibi bo'yicha (masalan, "Fil"dan keyin "Quraysh") o'qish namoz odobidandir. Tartibni buzish namozni buzmaydi, lekin qasddan teskari o'qish makruh sanaladi. Bundan keyin ikkinchi rakatda birinchisidan keyin keladigan surani o'qishga harakat qiling. Vallohu a'lam.