Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Men dasturlash bo‘yicha o‘quv markaziga qatnayotgan edim. O‘sha o‘quv markazda o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtirish uchun geymifikatsiya tizimi bor ekan. Ya’ni, o‘quvchilar vazifa topshirgani uchun koin (ball) berilar ekan. Har 2 oyda auktsion o‘tkazilar ekan. Unga sovg‘a qo‘yiladi, kim ko‘p koin taklif bersa, o‘shanga sovg‘a berilar ekan. Bu ishga dinimizda taqiq yo‘qmi? Javob uchun rahmat.
Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. Ta’lim olishga rag‘batlantirish uchun joriy qilingan bu tizimga shar’iy jihatdan monelik yo‘q. Chunki bu "koinlar" haqiqiy pul emas, balki o‘quvchining o‘z mehnati, vazifa bajarishi evaziga to‘plagan ballaridir. O‘quv markazining ushbu ballar evaziga sovg‘alar berishi qimor hisoblanmaydi, balki bu ilm olishga undovchi mukofot yoki hadya hukmidadir. Vallohu a’lam.