"ASSALOMU ALAYKA" DEYISHLIK HAM JOIZMI?

ID: 314

04.04.2025

152

Savol:

Arab tilida "alaykum" kalimasi "sizlarga" lafzida kelar ekan. Nima uchun bitta insonga ham, ko‘plik shaklida "assalomu alaykum" deyiladi? "Assalomu alayka" deyish ham joizmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Ha, joiz. Lekin "Assalomu alaykum", deb ko‘plik lafzida salom berish afzal.

Bu haqida alloma Ibn Obidin shunday keltiradilar:

(قوله بلفظ الجماعة) لأن مع كل واحد حافظين كراما كاتبين فكل واحد كأنه ثلاثة تتارخانية (قوله ولا يزيد الراد على وبركاته) قال في التتارخانية: والأفضل للمسلم أن يقول: السلام عليكم ورحمة الله وبركاته والمجيب كذلك يرد، ولا ينبغي أن يزاد على البركات شيء اهـ. ويأتي بواو العطف في وعليكم، وإن حذفها أجزأه وإن قال المبتدئ: سلام عليكم أو السلام عليكم، فللمجيب أن يقول في الصورتين سلام عليكم أو السلام عليكم ولكن الألف واللام أولى اهـ

Bir kishiga ham ko‘plik lafzi bilan salom beradi. Sharh: Chunki har bir kishi bilan ikkita saqlovchi farishta: kiroman kotibayn bo‘ladi. Salom berishda har bir kishi go‘yoki uch kishi kabidir ("Tatarxoniya" kitobi).

Salomga alik olishda "va barakotuhu"dan ziyoda qilmaydi. Sharh: Tatarxoniyada aytiladi: "Afzali — salom beruvchi "Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu" deyishi, alik oluvchi ham shunday javob qaytarishidir. "va barakotuhu"ga biror narsani ziyoda qilishi lozim emas....

Alik olishda "va alaykum", deb "va" bog‘ovchisini ham qo‘shib aytadi. Tushirib qoldirsa ham durust bo‘ladi.

Salom beruvchi "Salomun alaykum" yoki "Assalomu alaykum", desa, alik oluvchi ikki suratda ham "Salomun alaykum" yoki "Assalomu alaykum", deyishi joiz. Lekin "Assalomu alaykum", deyishi avlo (afzaldir)" ("Ar-Raddul muhtor" kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar