ASSALAMU ALAYKUM NAMOZDA SURADA ZATO KILSA TAXORAT BUZILADIMI

ID: 3673

28.10.2025

110

Savol:

Namozda surada xato kilib qo‘ysa tahorat buziladimi yoki ma’nosi o‘zgarib qoladigan darajada o‘qib qo‘ysa tahorat buziladimi? Uzur savolim uchun

Javob:

Qiroatdagi xatolik, hatto u ma’noni butunlay o‘zgartirib yuborsa ham, tahoratni mutlaqo buzmaydi. Tahoratni faqat badandan chiqadigan narsalar yoki uyqu kabi ma’lum holatlargina buzadi. Xatoning qandayligiga qarab, tahorat emas, balki namozning o‘zi buziladi va uni qaytadan o‘qish lozim bo‘ladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar