ASRDAN SO‘NG QAZO NAMOZINI O‘QISH

ID: 905

04.04.2025

54

Savol:

Asr va Shom orasida qazo o‘qiladimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Asr va shom namozlari orasida qazo namozlarini o‘qish joiz.

“Hoshiyatut Tahtoviy” kitobida shunday deyiladi:

وجميع أوقات العمر وقت للقضاء ما عدا أوقات النهي الثلاثة

Ya’ni: “Namozdan o‘qishdan qaytarilgan uch vaqtdan boshqa hamma paytlar qazoning vaqtidir”.

Namoz o‘qishdan qaytarilgan uch vaqt deganda quyosh chiqayotgan, quyosh qiyomga kelgan va quyosh botayotgan vaqtlar tushuniladi.

Lekin barcha fiqhiy kitoblarimizda asr namozini ado qilgan kishi shom namoziga qadar nafl namozi o‘qishi makuruhligi aytilgan. Bu haqida Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

لَا صَلَاةَ بَعْدَ الصُّبْحِ حَتَّى تَرْتَفِعَ الشَّمْسُ وَلَا صَلَاةَ بَعْدَ الْعَصْرِ حَتَّى تَغِيبَ الشَّمْسُ  (رواه الامام البخاري عن أَبَي سَعِيدٍ الْخُدْرِيِّ رضي الله عنه)

Ya’ni: “Bomdoddan so‘ng to quyosh chiqquncha va asrdan so‘ng to quyosh botguncha (nafl) namoz yo‘qdir” (Imom Buxoriy rivoyatlari). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar