ASRAB OLINGAN BOLADAN ASL OTA-ONASINI YASHIRISH

ID: 6581

26.01.2026

62

Savol:

Assalomu alaykum. Bolani yoshligida asrab olsa, lekin emmagan bo'lsa, uning familiyasini o'zgartirsa va keyinchalik ota-onasi boshqa ekanligini aytmasa ham bo'ladimi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Shariatimizda bolaning nasabini o'zgartirish mutlaqo joiz emas. Shuningdek, bola sizlardan hech kimni emmagan bo'lsa, balog'atga etganida asrab oluvchilarga (o'g'il bola asrab olgan onaga va o'gay singillarga, qiz bola esa otaga va o'gay akalarga) nomahram sanaladi va ular oldida satri avratda bo'lishi, yolg'iz qolmasligi lozim bo'ladi. Shu sababli, kelajakda meros va mahramiyat masalalarida shariatga zid holat юzaga kelmasligi uchun bolaga haqiqatni aytish shart. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar