Agar bola (yani yetimxonadan) asrab olinsa asrab olingan bola ayolimga mahram bo’ladimi yoki nomahram bo'ladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Dinimizda bola asrab olishga ruxsat beriladi, ammo unga quyidagi shartlar qo'yilgan:
Alloh taolo asrab olingan farzandlar haqida shunday marhamat qilgan:
ادْعُوهُمْ لِآَبَائِهِمْ هُوَ أَقْسَطُ عِنْدَ اللَّهِ فَإِنْ لَمْ تَعْلَمُوا آَبَاءَهُمْ فَإِخْوَانُكُمْ فِي الدِّينِ وَمَوَالِيكُمْ وَلَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ فِيمَا أَخْطَأْتُمْ بِهِ وَلَكِنْ مَا تَعَمَّدَتْ قُلُوبُكُمْ وَكَانَ اللَّهُ غَفُورًا رَحِيمًا
“Ularni (asrab olingan bolalarni) o'z otalari (ismi) bilan chaqiringiz. Shu Alloh nazdida adolatliroqdir. Bas, agar ularning otalarini bilmasangiz, u holda (ular) sizlarning diniy birodarlaringiz va do'stlaringizdir. Qilgan xatolaringiz sababli sizlarga gunoh yo'qdir, lekin ko'ngillaringiz (bilan) qasd qilingan narsadagina (gunohkor bo'lursiz). Alloh kechirimli va mehribon zotdir” (Ahzob surasi 5-oyat).
Bu oyatlar nozil bo'lgunicha, odamlar orasida birovning bolasini o'g'il qilib, o'z o'g'illaridek nomlaganlar va jamiyatdagi mavjud tushuncha, urf-odatlar ila ish tutishgan. Oyat nozil bo'lgach bu hukm o'zgardi.
... لا تَحْتَجِبِي منه، فإنَّه يَحْرُمُ مِنَ الرَّضَاعَةِ ما يَحْرُمُ مِنَ النَّسَبِ ( رواه مسلم)
"Uning oldida ro'mol o'rashingizga hojat yo'q, chunki nasab jihatidan mahramlik sobit bo'lganidek emikdoshlik sababli ham mahramlik hosil bo'ladi", dedilar (Imom Muslim rivoyatlari).
Bola asrab olishdan maqsad, ko'p bolalik oilalarga yordam berish yoki etimning boshini silash savobini topish bo'lmog'i lozim. Hech qachon asrab olingan bola haqiqiy farzand bo'lmaydi. Agar asrab olingan farzanddan kelajakda boquvchiga hech qanday naf tegmasa, aksincha zarar etgan taqdirda ham bundan afsuslanmaslik kerak bo'ladi, aks holda qilingan xizmatning savobi bekor bo'ladi. Vallohu a'lam.