ASR VA XUFTON NAMOZLARINING SUNNATI

ID: 777

04.04.2025

7

Savol:

Asr va Xufton namozlarida azondan keyin to‘rt rakat sunnat namozlari ham bormi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Ha, Asr va Xufton namozlaridan avval to‘rt rakat nafl namoz o‘qish mustahab (ya’ni, o‘qisa savob bo‘ladi, o‘qimasa gunoh yo‘q).

Muhaqqiq olim Mulla Ali Qori rahimahulloh bu haqida shunday deydilar:

وحبب الأربع قبل العصر لما روي أبو داود والترمذي عن ابن عمر قال قال رسول الله صلي الله عليه وسلم : رحم الله امرأ صلي قبل العصر أربعا وحبب قبل العشاء وبعده

“Asrdan avval to‘rt rakat mandubdir. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilib: “Alloh Asrdan avval to‘rt rakat namoz o‘qigan kimsani rahm qilsin”, — deganlar (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyatlari).

Shuningdek, xuftondan avval va keyin to‘rt rakat nafl namoz o‘qish ham mandubdir” (“Fathu bobil inoya” kitobi).

Imom Quduriy xuftondan keyin xohlasa ikki rakat o‘qiydi, deganlar. Mavlono Abdulhay Laknaviy bu namozlar sunnat emas, balki mustahab ekanini takidlaganlar. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar