ASR NAMOZIDAN KEYIN JANOZA O‘QISH?

ID: 71

04.04.2025

140

Savol:

Bizda asr namozi vaqti kirishi bilan asrni o‘qib keyin janoza namozini o‘qishadi. Asrdan keyin toki shom o‘qilgunicha namoz o‘qish makruh ekanku?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Mo‘tabar fiqhiy manbalarimizda asrdan keyin janoza namozi o‘qish joiz ekani va bu holatda makruhlik yo‘qligi aytilgan. Jumladan Hidoya kitobida bunday deyiladi:

وَيُكْرَهُ أَنْ يَنْتَفِلَ بَعْدَ الْفَجْرِ حَتَّى تَطْلُعَ الشَّمْسُ وَبَعْدَ الْعَصْرِ حَتَّى تَغْرُبَ وَلَا بَأْسَ بِأَنْ يُصَلِّيَ فِي هَذَيْنِ الْوَقْتَيْنِ الْفَوَائِتَ وَيَسْجُدَ لِلتِّلَاوَةِ وَيُصَلِّي عَلَى الْجِنَازَةِ

“Bomdod vaqti kirgandan keyin quyosh chiqqunicha, asrdan keyin quyosh botgunicha nafl namoz o‘qish makruh. Ammo ushbu ikki vaqtda qazo namozlar, tilovat sajdasi va janoza namozi o‘qishning zarari yo‘q”. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar