ARZIMAGAN PUL UCHUN HAM ROZILIK SHARTMI

ID: 5098

13.12.2025

82

Savol:

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh, domla. Bir kishining boshqa bir kishida, masalan, arzimagan 2000 so'm qarzi qolib ketsa, qiyomatda shu 2000 so'm haqi uchun egasi rozi bo'lguncha qarzdorning savobidan olinadimi yoki mablag' ozligi uchun kamroq savob olinadimi? Chunki ko'pchilik bunday miqdordagi pulni nazar-pisand qilmaydi-ku.

Javob:

Vaalaykum assalom. Qiyomat kunida hatto zarra miqdoricha haq ham hisob-kitobsiz qoldirilmaydi. 2000 so'm arzimas tuюlsa-da, uning uchun qarzdorning savobidan unga mos miqdori haqdorga olib beriladi. Agar savobi etmasa, haqdorning gunohi qarzdorga юklanadi.

Shu bois, mablag'ni katta-kichikligiga qaramay, uni o'z egasiga ado qilish lozimdir. Alloh taolo Qur'oni Karimda har qanday kichik amal uchun oxiratda hisob bo'lishini bayon qilib, bunday marhamat qiladi:

«Bas, kim zarra og'irligida yaxshilik qilsa ham ko'radir. Va kim zarra og'irligida yomonlik qilsa ham ko'radir». (Zalzala surasi, 7-8 oyatlar)

Lekin do'st-birodarlar va yaqinlar o'rtasida bunday arzimas miqdorlarga ko'z юmish yoki kechib юborish urfga aylangan bo'lsa, ya'ni egasi buni da'vo qilmasligi aniq bo'lsa, bu o'zaro rozilik hukmida bo'lib, insha Alloh, zarar qilmaydi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar