AROQ ICHGAN ODAMNING SO‘LAGI NAJOSATMI?

ID: 325

04.04.2025

17

Savol:

Aroq ichgan odamning so‘lagi najosatmi? U bilan so‘rashganda kiyimga sachrasa buni hukmi qanaqa? Xuddi shunaqa nos chekkanda undan ajragan so‘lakni hukmi qanday?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Umumiy holatda odamning so‘lagi xoh u musulmon bo‘lsin yoki g‘ayri din bo‘lsin pok hisoblanadi. Ammo aroq va shu kabi harom narsalarni iste’mol qilgan bo‘lsa, shu narsalarni iste’mol qilgan paytda so‘lagi najosat bo‘ladi. Og‘zini chayib yuborganidan so‘ng yoki bir necha marta so‘lagini yutib yuborgan bo‘lsa, agarchi mast holda bo‘lsada og‘zi najosat bo‘lmaydi.

سُؤْرُ الْآدَمِيِّ طَاهِرٌ وَيَدْخُلُ فِي هَذَا الْجُنُبُ وَالْحَائِضُ وَالنُّفَسَاءُ وَالْكَافِرُ إلَّا سُؤْرَ شَارِبِ الْخَمْرِ وَمَنْ دُمِيَ فُوهُ إذَا شَرِبَ عَلَى فَوْرِ ذَلِكَ فَإِنَّهُ نَجَسٌ وَإِنْ ابْتَلَعَ رِيقَهُ مِرَارًا طَهُرَ فَمُهُ عَلَى الصَّحِيحِ كَذَا فِي السِّرَاجِ الْوَهَّاجِ

Odam taom yoki suv ichganidan so‘ng qolgan qoldig‘i pokdir. Agarchi junub bo‘lsa ham, hayz ko‘rgan yoki nifos ko‘rgan bo‘lsa ham, kofir bo‘lsa ham pokdir. Ammo aroq ichgan yoki og‘zi qonagan kishi shu zahoti biror narsa yesa yoki ichsa, undan qolgan qoldiq najosat bo‘ladi. Lekin bunday kishilar bir necha marta so‘lagini yutsa so‘ng biror narsa yeb yoki ichganidan so‘ng qoldig‘i qolsa, qoldig‘i pok hisoblanadi. (Fatovo Hindiya). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar