Assalomu alaykum. Men onlayn savdo bilan shug'ullanaman, ya'ni O'zbekistondagi yirik internet do'konlaridagi mahsulotlarni ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilaman va menga har bir sotilgan mahsulotdan ma'lum bir haq berishadi. Bu sohani «arbitraj trafik» deyishadi. Ushbu faoliyatim shar'an joizmi? Javob uchun oldindan rahmat!
Vaalaykum assalom. Siz zikr qilgan faoliyat fiqhda «simsorlik», ya'ni dallollik, vositachilik deb ataladi. Agar sotilayotgan mahsulotlar shariatda halol bo'lsa va reklamada yolg'on yoki aldov ishlatilmasa, bu ish bilan shug'ullanish joiz. Bunda muhim jihat shuki, xizmatingiz uchun beriladigan haq miqdori ikki tomon o'rtasida oldindan aniq kelishilgan bo'lishi shart. Vallohu a'lam.