Assalomu alaykum. Aqiqa qilib qôy sôyilganda masalan 3 dan 2 qismi tarqatiladi deb eshitdim. Savolim shundan iboratki masalan qo'y 20 kiloli boʻlsa 2 qismi 12 kg boʻlsa uni 1 kgdan 12 ta odamga beriladimi yoki teng ikkiga bôlib 2 ta odamga beriladimi
Ushbu masala borasida Alloma Ibn Obidin rohimahulloh shunday deydilar:
"Qurbonlik go‘shtini (aqiqa ham shu jumladan) taqsimlashning eng afzal yo‘li, uch qismga bo‘lib, bir qismini sadaqa qilish, yana bir qismini qarindosh urug‘lar va do‘sti yorlarga ziyofat qilib yedirish hamda yana bir qismini o‘zi uchun saqlab qolish. Agar (oilasi katta bo‘lsa) hammasini o‘zida olib qolsa ham joiz". ("Raddul Muhtor" kitobi, 6-jild, 327-sahifa).
Ma’lum bo‘ladiki, go‘shtni tarqatiladigan qismini necha kishiga berish borasida qat’iy bir ko‘rsatma yo‘q. Demak, uni 12 kishiga bir kilogrammdan bersangiz ham, yoki ikki kishiga kattaroq bo‘lak qilib bersangiz ham, ixtiyor o‘zingizda. Asosiysi, sadaqa va hadya qilish niyati amalga oshsa kifoya.