AQIQA QO‘YINI GO‘SHTINI TAROZUGA TORTIB OLSA BO‘LADIMI?

ID: 640

04.04.2025

50

Savol:

Aqiqa qilmoqchi bo‘lib qassobxonaga borsam, qo‘yni so‘yib, go‘shtini tortib beramiz deyapti, shu joizmi? Tirik olaman desam ham tiriklayin tarozuga tortib ko‘rishar ekan, buni zarari yo‘qmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Aqiqa yoki qurbonlik qilmoqchi bo‘lgan kishi qo‘yni tirik sotib olib, keyin qon chiqarishi shartdir. Go‘sht sotib olib aqiqa ham, qurbonlik ham qilib bo‘lmaydi. Chunki aqiqa va qurbonlikda ibodat qon chiqarishga bog‘lab qo‘yilgan. Go‘shti tortib berilayotgan qo‘y so‘yilayotgan payti hali qassobning mulkida bo‘lgani uchun uni sotib olmoqchi bo‘lgan odamning nomidan aqiqa yoki qurbonlikka o‘tmaydi. Tiriklayin sotib olmoqchi bo‘lganda qassoblar chamalash uchun tirik qo‘yni tarozuda tortib ko‘rishlarining zarari yo‘q. Chunki keyin xaridor qo‘yni tirik holda sotib oladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar