AQIQA

ID: 2265

29.08.2025

356

Savol:

Kelinning ota-onasi qizi farzandli boʻlgani uchun qoʻy olib kelsa va u qoʻyni kuyovni oilasi aqiqa uchun soʻysalar bu boʻladimi? Yoki kuyov oʻzi qoʻy olib soʻyish kerakmi?

Javob:

Aqiqa qilish farzand otasining zimmasidagi vazifasi bo‘lib, ota boy bo‘lsa aqiqa qilishi mustahab amal. Agar ota jonliq so‘yishga qodir bo‘lmasa, qachon qodir bo‘lsa shunda aqiqa qilsa ham bo‘laveradi. Shunday ekan, aqiqa uchun so‘yiladigan jonliq otaning mulki bo‘lishi kerak. Ya’ni otaning mulkida jonliq bo‘lsa yoki o‘z mablag‘iga sotib olgan bo‘lsa shuni aqiqa uchun so‘yadi. Shuningdek, otaga boshqalar tomonidan hadya qilingan bo‘lsa ham ota uni so‘yishi joiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar