EHROMDAN CHIQISHDAN OLDIN AYOL KISHI KIYIM ALMASHTIRISHI

ID: 5252

18.12.2025

132

Savol:

Ayol kishi Umra badalni qilib bo'lganidan keyin, sochini kesmasdan turib kiyimini alishtirsa va so'ng sochini kessa, qilgan amali joiz bo'ladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha, shunday qilish joiz. Chunki shariatimizda ayollar uchun ehrom holatida tikilgan kiyim kiyish man qilinmagan. Ammo ehromdan to'liq chiqish faqat soch olish bilan amalga oshishini hisobga olib, unga qadar ayol kishi ehromda taqiqlangan xushbo'ylik ishlatish, tirnoq olish kabi boshqa amallardan saqlanishga xushyor bo'lishi lozim. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar