"AMAZON"DA SAVDO QILISH JOIZMI?

ID: 461

04.04.2025

69

Savol:

Hozirgi kunda amazon internet bozorida O‘zbekistonlik savdogarlar uchun ham savdo qilish imkoniyati paydo bo‘ldi. Savolim quyidagicha. Men o‘z hisobimdan tovar sotib olaman lekin u tovarni suratini ko‘raman xalos. Tovar omborga borib tushadi va haridor sotib oladi. Qizig‘i shundaki men sotayotgan tovarimni ham haridorni ham ko‘rmayman. Shunday savdo qilish joizmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Kishi sotib olgan molini hali qo‘liga olmay turib boshqaga sotmasligi lozim. Chunki, molni qo‘lga olishdan avval sotish va undan foydalanish shar’an joizmas.

Hakim ibn Hizom roziyallohu anhu Rasululloh sallollohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan

لَا تَبِعْ مَا لَيْسَ عِنْدَكَ (رواه الترمذي)

ya’ni: “O‘zingda bo‘lmagan narsani sotma” degan hadisga binoan shariatda man qilingandir. Shuningdek, Imom Ahmad va Imom Abu Dovudlar Zayd ibn Sobit raziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda:

فإن رسول الله صلى الله عليه و سلم نهى أن تباع السلع حيث تبتاع حتى يحوزها التجار إلى رحالهم

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Savdo mollari sotilgan joyida toki tojirlar o‘z moliga qo‘shib olmaguncha qaytadan sotilmas”, deganlar.

Siz aytgan holatda agar sotib olingan tovarni  sotib oluvchi yoki uning vakili qo‘liga olsa, so‘ng bu tovarni sotish joiz bo‘ladi. Agar sotib oluvchi yoki uning vakili tovarni qo‘liga olmaydigan bo‘lsa, sotish joiz emas. Sotishdan oldin sotib olingan narsani qo‘lga olish shart. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar