Assalomu alaykum! Uylanish arafasidagi yigitman. Amakim (otamning ukasi) ning oilasidan ajrashgan qizi bor. Men uni yana bir boshqa oilada qiynalishini istamayman. Shu sabab uni o'z nikohimga olib, uylanishim mumkinmi?
Dinimizda amakining qizi mahram sanalmaydi, shu bois u bilan turmush qurishingiz joizdir. Albatta, bu ish ikki tomonning roziligi va guvohlar ishtirokidagi shar'iy nikoh asosida bo'lishi lozim.