ALLOHGA BERGAN VA’DASINI BUZIB QO‘YSA

ID: 245

04.04.2025

57

Savol:

Agar inson allohga bergan va’dasini buzib qo‘ysa uch kun ro‘za tutib beradimi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Dinimizda biror savobli ishni bajarishga Alloh taologa ahd qilish yoki muayyan narsani Alloh yo‘lida hadya qilish haqida kishi va’da qilish – nazr qilish deyiladi. Islomda nazrga tashviqot yo‘q. Ammo nazr qilgan odam uni bajarishi shart hisoblanadi. Agar bajarmasa bir vojib amalni tark etgan hisoblanib, og‘ir gunohkor bo‘ladi va kafforotini ado etishi lozim. 

Uqba ibn Omir raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda: “Nabiy sallallohu alayhi vasallam: “Nazrning kafforoti xuddi qasamning kafforotidekdir”, deganlar (Imom Muslim rivoyatlari).

Demak, bir ishni nazr qilib, uni bajara olmagan kishi xohlasa o‘n kishini taomlantiradi, xohlasa ularni kiyim bilan ta’minlaydi. Bunda kamida shim va ko‘ylak kabi kiyimlar bo‘lishi kerak. Agar bu ikki ishdan birortasiga qodir bo‘lmasa, uch kun ketma-ket ro‘za tutishi lozim bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar