ALLOHDAN O‘ZGAGA ATAB JONLIQ SO‘YISH

ID: 365

04.04.2025

15

Savol:

Kecha ustaxona ochuvdim unga atab jonliq so‘ydim va uni qonini ustaxona darvozasiga surtdim. Qilgan ishim to‘g‘rimi? Boshlagan ishimga yengillikka arvoypir qilishim kerakmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Siz mazkur amalingiz bilan ikkita qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ygansiz.

Birinchisi: jonliqni ustaxonaga atab so‘yishingiz. Chunki har qanday jonliq so‘yilganda Alloh uchun, Alloh taoloning nomi bilan so‘yilishi lozim.

Alloh taoloning quyidagi so‘ziga binoan shar’atga muvofiq so‘yilmagan jonliq haromdir:

حُرِّمَتْ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةُ وَالدَّمُ وَلَحْمُ الْخِنْزِيرِ وَمَا أُهِلَّ لِغَيْرِ اللَّهِ بِهِ وَالْمُنْخَنِقَةُ وَالْمَوْقُوذَةُ وَالْمُتَرَدِّيَةُ وَالنَّطِيحَةُ وَمَا أَكَلَ السَّبُعُ إِلَّا مَا ذَكَّيْتُمْ وَمَا ذُبِحَ عَلَى النُّصُبِ وَأَنْ تَسْتَقْسِمُوا بِالْأَزْلَامِ ذَلِكُمْ فِسْقٌ

"O‘limtik, qon, cho‘chqa go‘shti, Allohdan o‘zganing nomi aytib so‘yilgan, bo‘g‘ilib o‘lgan, urib o‘ldirilgan, yiqilib o‘lgan, suzishdan o‘lgan va yirtqich hayvon (qisman) yegan (hayvonlar) sizlarga harom qilindi, illo (shar’an) so‘yganingiz (haloldir). Yana, but-sanamlarga atab so‘yilgan hayvonlar (go‘shti) va fol cho‘plaridan qismatingizni istashingiz (ham harom qilindi). Bu ishingiz fosiqlikdir" (Moida 3-oyat).

Ikkinchisi: uning qonini darvozaga surtganingiz. Alloh saqlasin bu ishlaringiz shirk amaliga o‘xshab ketadi. Jonliqning qoni najosat bo‘lib, uni ko‘mib qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Uning qonini u yer bu yerga surtish jinkash, sehr-jodu bilan shug‘ullanuvchilarning ishidir.

Shuning uchun bunday irim sirimlardan saqlaning. Tavfiq Allohdan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar