Assalomu alaykum. Sharaf va martaba jihatdan Alloh taolo yaratgan eng ulug' mahluq qaysi? Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yoki Arsh?
Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. Bismillahir rohmanir rohim. Ulamolar Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam maxluqotlarning eng afzali ekanlarini aytishgan. Arsh ham maxluqotlardan biri. Shunga ko'ra Payg'ambarimiz alayhissalom Arshdan ham afzal hisoblanadilar. Vallohu a'lam.