Assalomu alaykum. "Alloh" deyish to‘g‘ri, "Olloh" deyish noto‘g‘ri va yoki gunohmi?
Va alaykum assalom. "Olloh" deb talaffuz qilish insonlar orasida, ayniqsa oddiy xalq ichida ko‘p uchraydi. Modomiki, bunda so‘zlovchining niyatida Alloh taoloning ushbu ismi talaffuzini aslidan o‘zgartirib yuborish qasdi bo‘lmasa, buni aslo gunoh deb bo‘lmaydi. Shunga qaramay, shubhasiz, bu ulug‘ kalimani asliga muvofiq, ya’ni "Alloh" deb, barcha harflarini to‘g‘ri talaffuz qilish afzalroq va mukammalroqdir. Vallohu a’lam.