AKA SINGIL

ID: 2015

21.08.2025

272

Savol:

Assalomu aleykum muftiy hazratlari, Alloh rozi boʻlsin ilm ahllaridan. Qaynisingillarim turmush oʻrtogʻimdan 7, 9 yosh kichik, erimni senlab gapirishadi, farzandlarim oldida bu gʻalati tuyuladi, hammaligi ibodatli insonlar, aka singil haqlari haqida va shu mavzuda ham javob olisam degandim, rahmat.

Javob:

Kattani hurmat, kichikni izzat qilish dinimizning asosi hisoblanadi. Darhaqiqat, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham o‘z hadislarida “Kichkinamizga rahm qilmagan, kattamizni ulug‘lamagan bizdan emas” (Ahmad, Abu Dovud, Termiziy rivoyati), deya bu ishning ahamiyatini ta’kidlaganlar. Akaning yoshi va hayotiy tajribasi singillar tomonidan izzat-ikrom ko‘rsatilishini taqozo etadi va bu qoida, ayniqsa, aka-singil kabi yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi mehr-oqibatning muhim ruknidir. Farzandlar oldida otaga nisbatan behurmatlik qilinayotgani juda xunuk holat. Bolalar o‘z otasiga nisbatan hurmatsizlikni ko‘rib o‘sishsa, ularda kattalarga nisbatan odob tuyg‘usi susayishi mumkin. Aksincha, ammalarining akasiga “siz”lab, ehtirom bilan murojaat qilishi esa ular uchun eng yaxshi ibrat va saboq bo‘ladi. Shu sababli, bu masalani qaynsingillaringizga chiroyli uslubda, islom nuqtai nazaridan tushuntirishga va akaga bu tarzda behurmatlik ko‘rsatishlari dinimizda qoralanganini eslatishga harakat qiling.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar