IMOMDAN KO'P TASBEH AYTISH

ID: 5229

18.12.2025

106

Savol:

Assalomu alaykum! Farz namozini jamoat bilan o'qiganimda imomga iqtido qildim. Ruku'da «Subhana robbiyal aziym» va sajdada «Subhana robbiyal a'lo» tasbehlarini imomdan ko'proq aytib qo'ysam, namozim durust bo'ladimi? Masalan, imom 3 marotaba aytsa, men undan 2 marta ko'proq aytib qo'ysam joyizmi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Ha, namozingiz durust bo'ladi. Tasbehlarni imomdan ko'proq aytish joizdir. Biroq imom boshini ko'targanida, tasbehingiz tugamagan bo'lsa ham, darhol unga ergashishingiz kerak. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar