Sahobalardan birini "Biror vaqt namoz o‘qimasdan jannatga kirgan sahoba Amr ibn Sobit ibn Uqaysh roziyallohu anhu" deb o‘qidim. Qanday qilib namoz o‘qimay jannatga kirsa bo‘ladi? Shuni izohlab bersangiz.
Bismillahir rohmanir rohiym.
Ha, shunday sahoba o‘tgan. Buning sababini ko‘plab hadis kitoblarida keltirilgan quyidagi voqealarni o‘qib bilib olamiz.
Payg‘ambarimiz solallohu alayhi va sallam davrlarida Amr ibn Sobit degan kishi Islom va musulmonlarni juda yomon ko‘rar edi. Musulmonlar unga Islomni taklif qilishar, u esa rad qilar edi. Kunlarning birida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam musulmonlar bilan mushriklarga qarshi Uhud jangiga chiqdilar. Amr ibn Sobit to‘satdan Islom va musulmonlarga nisbatan, Nabiy alayhissalomga nisbatan qattiq muhabbatni his qildi. U Payg‘ambarimizning oldilariga islomni qabul qilganini e’lon qilish uchun bordi. Unga Rasululloh va sahobalar Quraysh mushriklariga qarshi jang qilgani Uhud tomon ketganini aytishdi. Amr Uhud tomon shoshdi. Yetib borganida urush qizib yotgan edi. U musulmonlar tomonida turib jang qildi. Ammo unga qattol zarbalardan biri tegib, yerga yiqildi. Jang tugagach, musulmonlar jarohatlangan va halok bo‘lganlarni qidirib yurib, uni ko‘rib qolishdi. U og‘irlashib qolgan edi. Shunda ular Amrdan so‘rashdi:
Abu Hurayra raziyallohu anhu sahobalar bilan mutoyiba qilib ulardan so‘rar edilar:
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.