Jirafa go‘shtini yesa bo‘ladimi? Halolmi?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Jirafa go‘shti halol.
Alloma Ibn Nujaym rahimahulloh "Ashboh va nazoir" kitobida: Jirafa go‘shti boshqa mazhablarda halol ekanini aytib:
والحنفية وقواعدهم تقتضي حلها، والله أعلم
"Hanafiy mazhabi qoidalari Jirafaning go‘shtini halol ekanini taqozo qiladi", deganlar. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.