NOMA'LUM SHAXSDAN OLINGAN QARZNI QAYTARISH

ID: 4477

24.11.2025

49

Savol:

Assalomu alaykum. Ancha avval poliklinikaga borganimda qon tahlili topshirishim kerak edi. U erga perchatka olib borish kerakligini peshob tahlili oladigan xonadagi ayol aytgandi. Menda bor edi, deb bergandilar va evaziga 5 ming so'm berishim kerak edi. Naqd emas, kartadan tashlab berishimni aytgandim va tahlil topshirib chiqqanimdan keyin bersam bo'lishini aytgandilar. Lekin esimdan chiqib, shoshib chiqib ketdim. Unga ham ancha bo'ldi. Bugun borsam, bir sanitarkadan u ayolning ko'rinishi esimda qolgani bo'yicha tasvirlaganimda, "1 yilcha oldin ketgan", dedi. Bu ayolning na ismini, na raqamini va na aniq tashqi ko'rinishini bilmayman. Shu berishim kerak bo'lgan 5 ming so'mni qanday qaytarsam bo'ladi? Shu ayol nomidan 5 ming so'm ehson qilsam bo'ladimi yoki qanday yo'l tutishim kerak?

Javob:

Vaalaykum assalom. Shariatda birovning haqqini ado etishda uni shaxsan egasiga qaytarish shart qilingan. Shuning uchun modomiki topish imkoni bor ekan, izlashni to'xtatmang. Tibbiy muassasa rahbariyati yoki tegishli bo'limi orqali o'sha xodimning manzilini yoki telefonini topish qiyin emas. Shu sababli, erinmasdan surishtirib, omonatni o'z egasiga topshirishingiz lozim. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar