Qurbonlik qilish mumkin bo‘lgan kunlardan qaysi birida qurbonlik qilish afzal?
Bismillahir rohmanir rohiym.
Qurbonlik kunlarining birinchi kuni ya’ni, odatda Qurbon hayiti namozi o‘qiladigan kuni qurbonlik so‘yish afzal. Bu mavzuda “Al-Fatavo al-hindiya” kitobida shunday deyilgan:
أَوَّلُهَا أَفْضَلُهَا وَآخِرُهَا أَدْوَنُهَا ، وَيَجُوزُ فِي نَهَارِهَا وَلَيْلِهَا بَعْدَ طُلُوعِ الْفَجْرِ مِنْ يَوْمِ النَّحْرِ إلَى غُرُوبِ الشَّمْسِ مِنْ الْيَوْمِ الثَّانِي عَشَرَ ، إلَّا أَنَّهُ يُكْرَهُ الذَّبْحُ فِي اللَّيْلِ
“Qurbonlik kunlarining birinchi kuni(da qurbonlik qilish) oxiridan ko‘ra afzaldir. Qurbon hayiti kuni tong otgandan boshlab Zulhijjaning o‘n ikkinchi kuni quyosh botgunicha kunduziyu kechasida qurbonlik qilish joiz. Lekin tunda so‘yish makruhdir”. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.