Assalomu alaykum domla! Men nafsimga yengilib bir qiz bilan oshiq mashuq bo'lib qoldim. Dinimizda qaytarilgan zino ishlarni qildim. Lekin eng katta zinoni emas. Keyin bir kuni u bilan janjallashib qolib, uch marta sen uch taloqsan dedim. Avval men unga tegaverasanmi desam ha deb bir ikki marta aytgan edi. Endi men u qizga uylanmoqchiman, shunday qilishim joizmi?
Va alaykum assalom. Avvalo nikohdan oldin oshiq mashuq bo‘lib yurish gunoh hisoblanadi. Taloq tushishga kelsak, taloq nikohdan so‘ng amal qiladi. Ya’ni hali o‘rtalarida nikoh bo‘lmagan erkak va ayolni o‘rtasiga taloq tushmaydi. Menga turmushga chiqaman yoki uylanaman degan gaplar bilan nikoh bog‘lanmaydi va nikoh bo‘lmaganidan keyin taloq ham joriy bo‘lmaydi.