QARZ EVAZIGA MOL SOTIB OLIB O'ZIGA QAYTA SOTISH

ID: 4964

09.12.2025

89

Savol:

Men bir do'stimga mashinani nasiya savdoga 1.5 yilga $8250 ga berdim. U mendan mashinani olib, sotib ketdi Polshaga. U erga borib, mashina oldi va taksi minib ishlayapti. Muddat tugab, yana 1-2 oy o'tib ham ketdi, pul bermadi. Endi men shu Polshada olgan mashinasini $8250 ga sotib oldim. Endi mendan qarzi qolmadimi? Va yana mendan shu mashinani nasiya savdoga so'rayapti, oyiga $1000 dan. 9 oyga bersam bo'ladimi? Halolmi? Ribo yo'qmi? Qaerda adashdim, shuni tushuntirib bering. Alloh rozi bo'lsin, qiynalib ketdim.

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Mashinani qarz evaziga $8250 ga sotib olib, o'zaro hisob-kitob qilganingiz durust. Ammo uni o'sha zahoti o'ziga qimmatroqqa nasiyaga qayta sotish «Bay'ul iyna» bo'lib, joiz emas. Chunki bu holatda oradagi narx farqi haqiqiy savdo foydasi emas, balki qarz muddatini uzaytirish evaziga olinayotgan yashirin riboga aylanib qoladi. Shu sababli, mashinani unga emas, boshqa xaridorga sotishingiz lozim. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar